Yandex Go mijozlari yo‘l kira naqd pulsiz shaklda to‘lanadigan bo‘lsa, haydovchilar buyurtmani qabul qilishni rad etishi holatlariga to‘qnash kelishmoqda. «Gazeta.uz» taksi haydovchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va kompaniya muammoni qanday bartaraf etishga urinayotgani bilan qiziqdi.
Banklardan birida mijozning plastik kartasidan 8 mln so‘m miqdorida mablag‘ yechib olingani aniqlandi, deb xabar qildi Kiberxavfsizlik markazi. Pullarni Telegram orqali texnik yordam ko‘rsatuvchi koll-markaz xodimi o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda.
Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun «Kapitalbank» 0,7 foiz, «Ipak Yo‘li» banki esa 1 foiz miqdorda komissiya o‘rnatdi. Banklar buni naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish bilan izohladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov qolgan banklar ham komissiya o‘rnata boshlashi mumkinligini ta’kidladi.
5 aprel kuni Humo milliy to‘lov tizimida mablag‘larni ikki marotaba yechib olish holatlari kuzatildi. Shu sababli nosozlik bartaraf etilguniga qadar Humo o‘z terminallari va to‘lov ilovalari ishini vaqtincha chekladi.
Endilikda plastik kartalar va bank hisobraqamlardan pul o‘g‘rilash og‘irlashtiruvchi holat sifatida e’tirof etiladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168 va 169-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutgan qonunni qabul qildi.
Ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ularning xabarisiz plastik kartalaridan pul yechib olinayotgani haqida shikoyat qilishmoqda. Markaziy bank mas’ullari bunga mijozlarni identifikatsiya qilishning imkoni bo‘lmagani sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bunday hollarda mijozlarning kartasidagi mablag‘ «harakatsiz» (spyaiy) hisobraqamga olinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting